
Bu jamoa 21 ta mamlakatdan futbolchi to‘pladi
Turli statistik ma’lumotlarni to‘plashga e’tibor qaratayotgan Transfermarkt portali Angliya Premer-ligasining eng ko‘p millatli jamoalari reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, “Brayton” o‘z tarkibida turli mamlakatlar vakillaridan eng ko‘p o‘yinchilarni jamlagan jamoa bo‘lib chiqdi.
Joriy mavsumda “Brayton” jamoasi sharafini dunyoning 21 ta mamlakatidan kelgan futbolchilar himoya qilayotgan ekan.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha kuchli uchlikka 19 ta davlat futbolchilarini o‘ynatayotgan “Bornmut” va 18 mamlakatdan kelgan o‘yinchilarni jamlagan “Vulverxempton” klublari kiritildi.
Oxirgi pog‘onada qayd etilgan “Everton”da to‘qqizta mamlakatdan kelgan charm to‘p ustalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Fikrlar