Bu ishni Akbar Jo‘raevdan boshqasi eplolmagan edi...
- 11-август 2024, 00:48
- Baxtiyorjon Toshtemirov
- 0
- Og'ir atletika
Xabar berganimizdek, hamyurtimiz Akbar Jo‘raev bugun og‘ir atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -102 kg vazn toifasida o‘tkazilgan murosasiz bahs yakunida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, 24 yoshli polvonimiz ikki karra Olimpiya o‘yinlari shoxsupasiga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik ilk og‘ir atletikachiga aylandi. Akbar Jo‘raev Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida -109 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q