
Bu futbolchi Ronalduning soyasida yurgandi
“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Patris Evra o‘zi bilan birga o‘ynagan Ueyn Runi haqida iliq fikr bildirdi.
- Ronaldu Manchesterda o‘ynagan kezlari Runi uning soyasida qolib ketgandi. Krishtianu ketganidan keyin endi haqiqiy Runini ko‘ramiz, deb o‘ylagandim.
Keyingi mavsum Runiga bag‘ishlandi. Osiyoda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘ynardik. Vidichni chetlatishdi. Runi pozitsiyasini o‘zgartirib, men bilan chap qanotga o‘tdi. O‘sha bahsda hujumchi mendan ko‘p himoyalangan edi.
Ueyn fantastik futbolchi edi va o‘sha paytda juda ko‘p gol urardi. O‘shanda Runining haqiqiy iste’dodini ko‘rgandik. Lekin uni Ronaldu bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Bu gapni Ueynni hurmat qilgan holda aytyapman, - dedi Patris Evra.
Fikrlar