
Bu futbolchi endi “Real”ga kerak emas!
Madridning “Real” klubi yarim himoyachi Marko Asensio bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.
“Marca” nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" futbolchiga yangi bitim taklif qilmaslikka qaror qilgan. Endi Asensio klubni tark etishga qaror qiladimi yoki kelishuvning oxirigacha “qaymoqranglilar” sharafini himoya qiladimi, hozircha noma’lum.
Avvalroq, ispaniyalikka APL va A seriyaning bir qancha jamoalari jiddiy qiziqish bildirgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
26 yoshli yarim himoyachining madridliklar bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi.
Asensio 2015 yildan beri "Real"da to‘p tepadi. Bu vaqt ichida Marko barcha musobaqalar doirasidagi 235 o‘yinda qatnashib, o‘z hisobiga 49 gol va 24 assist yozdirib qo‘ygan. “Transfermarkt” portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 40 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar