
- #Ronaldu
- #Portugaliya
- #Krishtianu Ronaldu
- #Futbol bo‘yicha jahon chempionati
- #JCh-2022
- #Gana
- #Bruno Fernandesh
Brunu Fernandesh: "Ronalduni tanqid qilishda davom eting"
- 25-ноябр 2022, 15:25
- Javokhir Azimov
- 1
- Futbol
Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan Portugaliya - Gana uchrashuvida evropaliklar 3:2 hisobida zafar quchdi.
O‘yindan keyin portugaliyaliklar yulduzi Brunu Fernandesh jamoadoshi Krishtianu Ronaldu manziliga bo‘layotgan tanqidlar haqida gapirdi:
"Menimcha, u bosim ostida ishlashni yoqtiradi. Shuning uchun barchangizdan iltimos qilaman: "Iltimos, Ronalduni tanqid qilishda davom eting! Ana shunda biz uni eng yaxshi formada ko‘ramiz.
Klub va terma jamoada Krishtianu bilan birga o‘ynash bu - ushalgan orzu, o‘ziga xos narsa. Biroq men uchun asosiysi Portugaliya imkon qadar yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishi. Shunda Ronaldu, men va butun xalqimiz xursand bo‘ladi",-dedi MYu futbolchisi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q