Braziliyalik yulduz Mourinoni ranjitdi

  • 7 iyul, 2021, 14:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”ni qabul qilib olgan Joze Mourino jamoa tarkibini kuchaytirish uchun “Real” yulduzi Marseloni taklif qilgan edi.

Tecno

Biroq, tajribali himoyachi “Roma” yoki boshqa jamoa chorlovini qabul qilmasligini, kelasi mavsumni “Real” safida o‘tkazishini ta’kidladi.

Ma’lumki, Serxio Ramos klubni tark etganidan keyin sardorlik bog‘ichi 33 yoshli Marseloga topshirildi. Bu e’tibordan ko‘ngli ko‘tarilgan futbolchi yangi mavsumda “Qirollik klubi” bosh murabbiyi Karlo Anchelottining ishonchini qozonmoqchi.

O‘tgan mavsumda Marselo La ligada 16 ta uchrashuvda qatnashib, jamoadoshlariga bir juft golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!