Braziliya terma jamoasining hujumchisi jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi
- 22-апрел, 21:25
- Ali Ahmadxo’jayev
- 0
- Futbol
"Chelsi" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Estevao Villian bo‘lajak jahon chempionatida ishtirok eta olmasligi mumkin. Bunga APL 33-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda (0:1) olgan jarohati sabab bo‘lgan. Shifokor tashxisi son orqa yuzasining to‘rtinchi darajali shikastlanishini ko‘rsatmoqda. The Athletic nashri ma’lumotlariga ko‘ra, tiklanish uchun uch oydan olti oygacha vaqt kerak bo‘ladi.
Angliya Premier-ligasidagi debut mavsumida Estevao "Chelsi" safida 36 o‘yinda 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Estevao 2025 yilning yozida "Palmeyras"dan 29 million yevro evaziga London klubi bilan shartnoma imzolagan edi.
Futbolchi Braziliya terma jamoasidagi debutini 2024 yil sentabr oyida, atigi 17 yoshida o‘tkazgan edi. U terma jamoa safida 11 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan.