Bo‘ldi, “Barsa”ga o‘tmayman!
- 11-апрел, 17:47
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
Italiya chempionatida peshqadamlik qilayotgan “Inter”ning yetakchi himoyachisi Alessandro Bastoni Evropaning qator grand klublari, xususan, “Barselona”dan jiddiy chorlovlar bo‘layotganiga qaramay, yaqin kelajakda muhitni o‘zgartirmoqchi emas.
Corriere dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, Kataloniya superklubi mutasaddilari futbolchining agentlari bilan muzokara o‘tkazgan. Biroq bundan hech qanday naf chiqmadi.
Bastonining o‘zi pozitsiyasida qat’iy turibdi va faoliyatini faqat Milan shahri jamoasida davom ettirishni istayapti.
“Inter” rahbariyati va murabbiylari shtabi ham Bastonini jamoa himoya chizig‘ining yetakchisi sifatida qadrlaydi.
Shu bois, mutasaddilari o‘tgan hafta “Barselona”ning Bastoni bo‘yicha 45 million evrolik birinchi taklifini qabul qilmadi.