Bokschilarimizdan Olimpiadaga ikkinchi yo‘llanma qo‘lga kiritildi

  • 8 mart, 2020, 17:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi turnirning bugungi dasturidan o‘rin olgan ikkinchi hamyurtimiz ham ringga ko‘tarildi. -91 kg vazn toifasida yurtimiz sha’nini himoya qilayotgan Sanjar Tursunov chorak finalda eronlik Toufan Sharifi bilan jang qildi. Tursunov ilk jangida iroqlik Tariq Muhammad Rabeahni mag‘lub etib, ushbu bosqichga yo‘l olgandi. Bu jangning muhimligi juda yuqori edi. Chunki bu vazn toifasida 4 ta yo‘llanma o‘ynalayotgan bo‘lib, g‘olib Tokioga chiptani naqd qilardi.

Tecno

Jang juda qizg‘in va keskin tarzda o‘tdi. Eronlik bokschi ham yaxshi harakat qildi. Biroq yurtdoshimiz aniqlik borasida undan ustunlikka erishdi va haqli ravishda g‘alaba qozonib, Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma oldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!