Bokschilarimiz Yaponiya, Vetnam va Rossiya jamoalari bilan shug‘ullanishmoqda

  • 14 iyul, 2023, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Shu kunlarda Toshkent viloyati Yangiobod shaharchasida boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalarining o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazilmoqda. 5 iyul kuni boshlangan yig‘inga ayni paytda Yaponiya, Vetnam va Rossiya mamlakatlaridan ham bokschilar qo‘shilishgan.

Tecno

Yig‘in davomida xorijlik bokschilar bilan sparring janglari ham tashkil etilmoqda. Qayd etish joiz, ushbu yig‘in terma jamoalarga Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikning muhim bosqichi vazifasini o‘tab beradi. Mashg‘ulotlar 20 iyulga qadar davom etadi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!