
Bokschilarimiz "World Boxing" kubogi navbatdagi bosqichida ishtirok etish uchun Polshaga jo‘nab ketdi
10-17 may kunlari Polshaning Varshava shahri "World Boxing" tashkiloti kubogining ikkinchi bosqichiga mezbonlik qiladi. Ushbu musobaqada jamoamiz ham ishtirok etadi.
Tarkibimiz bilan tanishing:
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-60 kg: Samandar Olimov
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev
-70 kg: Gofur Tohirov
-75 kg: Fazliddin Erkinboev
-80 kg: Javohir Ummataliev
-85 kg: Akmaljon Isroilov
+92 kg: Jahongir Zokirov
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova
Murabbiylar: To‘lqin Qilichev, Davron Gafurov, Lazizbek Zokirov, Alimardon Dostanov, A’zim Xudayqulov.
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar