Boks. O‘zbekiston jahon chempionatini ajoyib g‘alaba bilan boshladi!

  • 4 sentabr, 22:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Angliyaning Liverpul shahri World Boxing shafeligida ilk bor o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasida Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Tecno

Hozirgina hamyurtimiz Nigina O‘ktamova ishtirokidagi bahs yakunlandi. Vakilamiz to‘liq 3 raund davom etgan jangda qozog‘istonlik bokschi Elina Bazarovani bir bor nokdaun holatiga tushirdi va yakunda  hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Ma’lumot uchun, endi Nigina 8 sentyabr kuni vengriyalik Anna Lakotarga qarshi chorak finalga o‘tish bahsida ringga ko‘tariladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Холмумин Эгамбердиев
05/09/2025 04:29
Раҳмат сенга Нигина, олға!