
Boks. Abdumalik Xalakov, Bobousmon Boturov va yana 3 nafar bokschimiz "Gubernator kubogi"da o‘z ishtirokini boshlaydi
Xabaringiz bor, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha nufuzli "Kubernator kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Kechagi kungi dasturlarda Mirazizbek Mirzaxalilov ilk jangini g‘alaba bilan boshlagan bo‘lsa, Fanat Qahramonov belaruslik bokschiga imkoniyatni boy bergan edi. Bugun 6 nafar bokschimiz o‘z janglarini o‘tkazadi. Kun davomida bo‘lib o‘tadigan bahslar ro‘yxati:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov - Temirtas Jusupov (Qozog‘iston)
-60 kg: Abdumalik Xalakov - Franchesko Oytsa (Italiya)
-69 kg: Bobousmon Baturov - Aleksandr Rodionov (Belarus)
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov - Sumit Sangvan (Hindiston)
-91 kg: Sanjar Tursunov - Vladislav Smyaglikov (Belarus)
Janglar Toshkent vaqti bilan soat 18:00dan so‘ng boshlanadi.
Fikrlar