
Bogdan Guskov "UFC 311" turnirida ishtirok etmasligi mumkin
Xabaringiz bor, 18 yanvar kuni AQSh ning Los-Andjeles shahrida "UFC 311" turniri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Etiborlisi, unda hamyurtimiz Bogdan Guskov ham ishtirok etishi belgilangandi. Biroq bugun uning raqibi Jonni Uoker jarohat olib, jangni tark etgani ma’lum bo‘ldi.
UFC ehtimol, Guskovga boshqa raqib berar. Yoki Bogdan o‘sha kuni umuman oktagonga ko‘tarilmasligi mumkin. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring.
Fikrlar