
Bobousmon Baturov: Bayroqdorlik vazifasi yuklanishi hayolimga ham kelmagandi. Endi mas’uliyati yanada oshdi
Bugun bokschimiz Bobousmon Baturov Tokio Olimpiadasida O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori sifatida e’lon qilindi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati ushbu yangilik yuzasidan bokschimizning fikrlari bilan qiziqdi.
"To‘g‘risi, buni kutmagandim. Ushbu xabarni eshitib hayron qoldim. Bayroqdorlik vazifasi yuklanishi hayolimga ham kelmagandi. Bu men uchun katta sharaf. Endi mas’uliyati yanada oshdi. Olimpiadada qatnashishning o‘zi mas’uliyat edi, endilikda bu ikki karra oshdi. Barchasi Allohdan, umid qilamanki hammasi yaxshi bo‘ladi. O‘zimga bildirilgan ishonchni oqlash uchun bor imkoniyatimni ishga solaman", - dedi Bobousmon Baturov.
Fikrlar