
Birinchi davra yakunlariga ko‘ra "Navbahor"ning eng yaxshi futbolchilari kimlar?
“Navbahor” davralar oralig‘idagi tanaffusga turnir peshqadami sifatida chiqib ketdi.
Albatta, bunday ijobiy natijaga erishish ortida klub rahbariyati, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilarning ulkan mehnatlari samarasi yotibdi.
Ma’lumki, g‘alaba qozonishda o‘yinlarda faol harakat qilgan o‘yinchilarning ham munosib hissalari bor.
Xo‘sh, “Navbahor”ning Soca Cola Superligasi 1-davrasidagi bahslarda kimlar eng yaxshilar qatoridan joy oldi?
“Navbahor”ning ortda qolgan 13 ta bahsidan 8 tasida "lochinlar" jamoasi a’zolari O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topilishdi.
Qolgan 5 ta o‘yinda raqib o‘yinchilari shunday e’tirofga sazovor bo‘lishdi.
Ortda qolgan bahslarda “Navbahor”ning 2 nafar yarim himoyachisi - 22 yoshli mahoratli Oston O‘runov va 29 yoshli tajribali Jamshid Iskanderovlar O‘zPFL tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilishdi.
O‘runov 6 marta, Iskanderov esa 2 marta komissarlar tomonidan eng yaxshi, deya e’tirof etildi.
Jamshid Iskanderovning “Gol+pas” tizimida 7 ochko bilan “Navbahor”da peshqadamlik qilayotganligi, Oston O‘runov esa 5 ta gol bilan “lochinlar” to‘purari bo‘lib turganligi bejizga emas, albatta. Ushbu e’tiroflarning ortida mazkur o‘yinchilarning munosib mehnatlari samarasi yotibdi.
Fikrlar