Beylning ortidan bormayman!

  • 30 iyun, 2022, 13:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bilan xayrlashgan Marselo xuddi o‘zi kabi Madrid klubidan ketgan Garet Beyl ortidan bormasligini ma’lum qildi.

Tecno

Uelslik hujumkor futbolchi AQSh chempionatiga yo‘l olib, “Los-Anjeles Gelaksi” klubi sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Marselo yaqinda “Milan” bilan shartnoma imzolashga yaqin kelgandi. Lekin kutilmaganda 34 yoshli futbolchining transferi barbod bo‘ldi.

Braziliyalik himoyachi ayni paytda o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda. Marselo o‘ziga qiziqish bildirayotgan “Valyadolid” va “Rayo Valekano” safiga qo‘shilishi mumkin. Biroq, shunday bo‘lgan taqdirda Marselo maoshi sezilarli darajada past bo‘lishini anglab etishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!