Benzema Mbappega “Real”dagi muammolardan qutilish yo‘lini o‘rgatdi

  • 7 noyabr, 2024, 11:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning sobiq hujumchisi Karim Benzema yozda Madrid superklubiga ko‘chib o‘tgan hamyurti Kilian Mbappega maslahat berdi.

Tecno

Ma’lumki, 25 yoshli hujumchi “Real”ga ko‘chib o‘tganidan keyin ayrim masalalarda tanqidga uchramoqda. Uning o‘yin uslubidagi ba’zi omillar jamoadoshlari va bosh murabbiy Karlo Anchelotti e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

- Kilianga nimani maslahat berishim mumkin? Hech qachon taslim bo‘lmaslikni. U o‘z ongiga 9-raqam pozitsiyasida o‘ynashni singdirib olishi kerak.

Mbappe chap qanotda zo‘r o‘ynaydi, lekin endi boshqa pozitsiyada ham foyda keltirishni o‘rganishi talab etiladi, - dedi Karim Benzema.

Kilian Mbappe yozda PSJdan “Real”ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tganidan beri dastlabki 14 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qildi va ikkita golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!