
Belarus chempionati. Bugungi g‘alaba legionerlarimiz jamoasini peshqadamga aylantirishi mumkin
Belarus Oliy ligasi 25-tur o‘yinlari bugundan start oladi.
E’tiborlisi, legionerlarimiz Bobir Abdiholiqov hamda Abduqodir Husanov harakat qilayotgan "Energetik-BGU" klubi aynan bugun o‘z uchrashuvini o‘tkazadi. Minskliklar "Slaviya Mozir" maydoniga safar uyushtiradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Ushbu uchrashuvda zafar quchish orqali mehmonlar turnir jadvali peshqadamiga aylanib olishi mumkin. Ayni paytda 3-o‘rinda borayotgan "Enrgetik" hisobida 45 ochko mavjud. 10-pog‘onadagi "Slaviya" 29 ochko jamg‘argan.
Fikrlar