
Bekxemning klubi MLSdagi debyut uchrashuvini qaysi jamoaga qarshi o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor yangi mavsumdan e’tiboran Devid Bekxemga tegishli hisoblangan "Inter Mayami" klubi MLSda ishtirok etishni boshlaydi.
Eurosport tarqatgan xabarga ko‘ra MLSning yangi mavsumiga qur’a tashlangan va unga ko‘ra Bekxem jamoasi ilk turni "Los-Anjeles Gelaksi" klubiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 2020 yilning 14 mart kuni "Inter Mayami" maydonida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, "Inter Mayami" klubiga 2018 yilda asos solingan edi.
Fikrlar