Baxtiyor Ashurmatovning "Navbahor"ga bosh murabbiy bo‘lishi rostmi?

  • 13 mart, 2021, 17:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” klubi bilan o‘tgan mavsum yorqin o‘yinlar va tarixiy natijalar qayd eta olgan Baxtiyor Ashurmatov "Navbahor"dan takliflar bo‘layotgani haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi. Tajribali mutaxassis bu haqda klub matbuot xizmatiga ma’lum qildi.

Tecno

"Navbahor" jamoasida bo‘layotgan o‘zgarishlarga befarq emasman. "Navbahor"da ishlagan paytimni iliq xotiralar bilan eslashim va “Navbahor” muxlislarini juda ham hurmat qilishimni ko‘pchilik biladi. “Navbahor” rahbariyatida oliyjanob insonlar ishlaydi. Ular bilan munosabatimiz do‘stona va Qo‘qonda ishlab turganimni bilib turib menga taklif bilan chiqishmaydi. Chunki ular Qo‘qon jamoasini natijalariga befarq emas. Biz mavsum boshida bir-birimizga omad tilaganmiz. ”Navbahor” va “Qo‘qon-1912”  rahbariyatining niyati bu ikki jamoani yuqori o‘rinlar uchun kurashadiganlar qatorida ko‘rish. Shu sababli, “Navbahor” jamoasini yangi murabbiy tayinlangani bilan tabriklayman va ularga keyingi o‘yinlarda omad tilayman", - dedi Ashurmatov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!