“Bavariya” yangi bosh murabbiyni tanishtirishga tayyor

  • 24 aprel, 2024, 07:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” 11 yil davom etgan chempionlik seriyasidan keyin joriy mavsumda bosh sovrindan quruq qoldi.

Tecno

“Bayer” futbolchilari chempionatda hech qaysi jamoaga imkoniyat qoldirmasdan muddatidan oldin chempionlikni tantana qildi.

Myunxen klubi rahbariyati masala echimini bosh murabbiyni almashtirishda ko‘rmoqda. Katta umidlar bilan olib kelingan Tomas Tuxel tez orada o‘rnini bo‘shatib beradi.

Bild nashrining ma’lum qilishicha, klub Avstriya terma jamoasini boshqarayotgan Ralf Rangnik bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlash arafasida turibdi.

Agar keskin o‘zgarishlar ro‘y bermasa, “Bavariya” shu hafta ichida Rangnikni yangi bosh murabbiy sifatida tanishtirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!