"Bavariya" sardori safga qaytishi mukin

  • 3 mart, 2023, 16:51
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Noyer bu mavsumda "Bavariya"da yana o‘ynashi mumkin.

Tecno

Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Manuel Noyer muddatidan avval tuzaldi. "Sportbild" nashrining xabar berishicha, tajribali futbolchi joriy mavsum yakunida maydonga qaytish imkoniyatiga ega.

Germaniyalik posbon jahon chempionatidan so‘ng, qishki ta’til paytida chang‘i uchayotganda oyog‘ini sindirib olgandi. Uning jarohati sabab Myunxen klubi rahbariyati shoshilinch ravishda shveytsariyalik Yann Zommerning transferini amalga oshirdi.

 Bundesliganing joriy mavsumida 36 yoshli darvozabon 12 ta o‘yin o‘tkazib,  11 ta gol o‘tkazib yuborgan. To‘rtta uchrashuvda esa, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!