"Bavariya" Keyn borasida bir qarorga keldi
- 3-март 2023, 17:27
- Oybek Yo’ldoshev
- 0
- Futbol
Angliya terma jamoasi va "Tottenxem" markaziy hujumchisi Harri Keynni "Bavariya" o‘z safiga qo‘shib olmaydigan bo‘ldi.
"Abendzeitung" nashrining xabar berishicha, nemis grandi rahbariyati britaniyalik bilan shartnoma imzolashdan bosh tortgan, chunki Nagelsmann jamoasi Erik Shupo-Moting bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi.
Joriy mavsumda kamerunlik hujumchi "Bavariya" safida barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q