"Barselona"ning sobiq yulduzi: Luis Enrike sabab jamoadan ketganman

  • 12 iyul, 2024, 21:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Pedro Rodriges jamoani tark etishida sobiq murabbiyni aybladi. Eslatib o‘tamiz, Pedro Kataloniya klubni 2015 yilda tark etgandi, o‘shanda "Barselona"ni Luis Enrike boshqargan.

Tecno

“O‘shanda klubni tark etishda qiynalganman. "Barselona" mening butun hayotim edi, chunki men u erda ko‘p yillar o‘ynadim. Klub prezidenti meni qo‘llab-quvvatladi va meni tushunardi, lekin murabbiy emas. Men jamoadoshlarim va muxlislarimni hurmat qilgan holda ketdim”, - deb Pedroning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Marca nashri.

36 yoshli ispaniyalik futbolchi “Barselona” tarkibida 2004 yildan beri to‘p surgan. U “Barselona” safida jami 321 ta o‘yin o‘tkazib, 99 ta gol va 62 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Pedro 2015 yilda "Barselona"dan "Chelsi"ga ko‘chib o‘tgan, Enrike esa 2014-2017 yillarda jamoaga ustozlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!