"Barselona"ning sobiq futbolchisi Rossiya klubiga o‘tadi

  • 26 sentabr, 2024, 18:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona", "Yuventus" klublari, Bosniya va Gertsegovina milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Miralem Pyanich Rossiya chempionatiga ko‘chib o‘tish arafasida. U yangi klubi TsSKA bilan shartnoma imzolash uchun Moskvaga uchib ketdi.

34 yoshli bosniyalik yarim himoyachi bugun kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va "armiyachilar" bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Tecno

Men juda xursandman! Yangi klubim uchun o‘ynashni intiqlik bilan kutyabman. Men TsSKA haqida ko‘p narsa bilaman. Bu katta klub. Jamoa muxlislariga nima deyishim mumkin? Tez orada ko‘rishguncha!”, - dedi futbolchi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!