"Barselona"ning sobiq futbolchisi Niderlandiya chempionatini "yondirmoqda"

  • 2 sentabr, 2024, 09:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lyuk de Yong 21-asrda Niderlandiya chempionatida gol+pas tizimi bo‘yicha peshqadamga aylandi - 258 ta.

Tecno

PSVning 34 yoshli tajribali hujumchisi Eredivizionning 4-turi doirasida "Go Ahead Eagles"ga qarshi o‘yinda(3:0) 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Joriy chempionatda forvard gol+pas tizimidan foydalangan holda 5 (1+4) ochko to‘pladi.

Uning 21 asrda jamg‘arilgan umumiy 258 ochkosi bor. Shundan 179 tasi gol va 79 tasi assist hisoblanadi. de Yong bu natijasi orqali "Ayaks" sobiq yarim himoyachisi Dushan Tadichning rekordidan o‘zib ketdi. Hozirda Turkiyaning “Fenerbaxche” jamoasida to‘p surayotgan serb hisobida gol+pas tizimida shu paytgacha jami 256 ochkosi bor edi. Shundan 137 tasi gol va 119 tasi golli uzatma hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!