"Barselona"da yangi himoyachiga ehtiyoj yo‘q. Sababi...

  • 12 noyabr, 2022, 07:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning qishki rejalariga himoyachi sotib olish ham kirardi. Ammo klub bundan voz kechgan. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar bermoqda.

Tecno

Markaziy himoyachilarning jarohat olishlari sabab Markos Alonso pozitsiyasini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keldi va bu narsa ish berdi. Klub boshqa himoyachi sotib olmoqchi emas. Sababi, futbolchi yangi pozitsiyada o‘zini yaxshi his qilmoqda. 

Ispaniyalik yozda “ko‘k-anorranglilar” tarkibiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha davom etadi. Alonso ushbu mavsum barcha chempionatlarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!