“Barselona”da norozilik yuzaga keldi
- 6-август 2023, 14:01
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
“Barselona” rahbariyati Usmon Dembele uchun PSJ to‘laydigan kompensatsiya miqdoridan norozi bo‘lmoqda. Bu haqda Ispaniyaning As nashri xabar tarqatdi.
Frantsiyalik hujumkor futbolchining shartnomasida 50 million evro miqdorida badal puli ko‘rsatilgan. PSJ mutasaddilari aynan mana shu bandni ishga solib, transferni amalga oshirmoqda.
Qiztg‘i shundaki, 50 million evroning hammasi ham “Barselona” g‘aznasiga tushmaydi. Kataloniyaliklar bu summaning teng yarmini oladi. Qolgan 25 million evroni Usmon Dembele o‘z agentlari bilan bo‘lishib oladi.
Aynan mana shu holat kataloniyaliklar rahbariyatida norozilikka sabab bo‘lmoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q