
"Barselona" transferlar bozorida faol harakat qilishga yaqin
"Diario Sport" nashrining yozishicha, "Barselona" klubi transfer bozorida to‘liq faoliyat yuritish imkoniyatiga yaqinlashmoqda. Manbani ma’lum qilishicha, klub mustaqil auditori "Crowe Spain" tomonidan VIP-joylardan tushgan mablag‘larni bu mavsum hisobotiga qo‘shish bo‘yicha deyarli ijobiy xulosa olgan.
Gap "Kamp Nou"dagi 457 ta VIP-joyni foydalanish huquqini berib, 100 million evro ishlab topish operatsiyasi haqida bormoqda. Klubning ishonch bildirishicha, ushbu moliyaviy harakat "1:1" qoidasiga qaytish va transfer bozorida erkin harakat qilish imkonini yaratadi.
Shu bilan birga, kataloniyaliklar ayrim futbolchilar bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi, chunki maoshlar jadvalida bo‘shliq yaratish talab etiladi.
Ayni paytgacha klub ushbu bitimdan 58 million evroni qo‘lga kiritgan. "Forta Advisors Limited" – 28 million, "New Era Visionary Group" – 30 million evro to‘lagan. Lekin qolgan 42 million evroni qoplash uchun yangi investor topish oson bo‘lmayotgani ta’kidlangan.
Fikrlar