
“Barselona” “Real” sobiq futbolchisi Serxioga qiziqish bildirmoqda
"Barselona" "Tottenxem" himoyachisi Serxio Regilonga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi “Mundo Deportivo” nashri.
Manba bergan xabarga ko‘ra, agar kataloniyaliklar "Chelsi"dan Markos Alonsoning transferi borasida kelisha olmasa, 25 yoshli ispaniyalik futbolchining nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
“Shporlar” ham futbolchi bilan xayrlashishga qarshi emas, biroq da’vogarlar Serxio uchun kamida 20 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.
Regilon "Real" Madrid tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2020 yilning sentyabrida "Tottenxem"ga ko‘chib o‘tdi. Futbolchi o‘tgan mavsum ingliz klubining barcha musobaqalar doirasidagi 31 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
“Transfermarkt” portali futbolchining narxini 25 million evroga baholamoqda.
Fikrlar