“Barselona” oʻz tarbiyalanuvchisini qaytarmoqchi
- 17-апрел, 21:42
- Ali Ahmadxo’jayev
- 0
- Futbol
“Barselona” sport direktori Deku "Bayer" qanot himoyachisi Alehandro Grimaldoga asosiy transfer nishoni sifatida qaramoqda. “Ko‘k-anorranglilar” jamoasi 30 yoshli futbolchi Aleks Balde bilan raqobatlasha oladi, deb hisoblaydi. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, dastlab "Bayer" Grimaldo savdosidan 30-35 million yevro olishni rejalashtirgan edi, biroq himoyachining "Barselona"ga qaytish istagi va 2027 yilning yozida tugaydigan shartnomasi tufayli bu summa 25 million yevroga tushishi mumkin.
Grimaldo "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda ishtirok etib, 14 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 24 million yevroni tashkil etadi.