
"Barselona" muxlislari uchun noxush xabar
"Barselona" klubi mavsum yakunigicha o‘z stadioniga qayta olmasligi mumkin.
"Barselona"da bu mavsumda qayta qurilgan "Kamp Nou" stadionida o‘ynash imkoniyati yo‘qligi haqidagi gaplar tobora ko‘paymoqda. Xabar berilishicha, ishlar sekin sur’atda olib borilmoqda.
Bundan tashqari, hali hal etilmagan ba’zi texnik masalalar mavjud. Masalan, favqulodda chiqish yo‘llari hamda maysa ekish. Shuningdek, UEFA qoidalariga ko‘ra, mavsumning barcha o‘yinlari bitta stadionda o‘tkazilishi shart.
Eslatib o‘tamiz, hozirda "Barselona" o‘z uy o‘yinlarini "Monjuik" Olimpiya stadionida o‘tkazmoqda.
Fikrlar