
"Barselona" himoyachisi noma’lum muddatga safdan chiqdi
"Barselona" himoyachisi Xordi Alba "Xetafe"ga qarshi o‘yinni jarohat sabab birinchi taym o‘rtasidayoq maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.
Klub rasmiy matbuoti xabariga ko‘ra, futbolchi o‘ng oyoq boldiridan jarohat olgan. Futbolchining tiklanib maydonga qaytishi uchun qancha vaqt talab qilinishi noma’lum.
Joriy mavsumda himoyachi La Ligada 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol kiritishni uddaladi.
Fikrlar