"Barselona" Bundesliga to‘purarligi uchun kurashyotgan futbolchini sotib olmoqchi

  • 25 mart, 2021, 23:14
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" anchadan beri hujum chizig‘ini kuchaytirish borasida harakatlar olib bormoqda. Klub "Ayntraxt" futbolchisi Andrey Silvani nishonga olgan.

Tecno

"Marca"ning "Bild" nashri ma’lumotlariga tayangan holda ma’lum qilishicha, shaxsan jamoa bosh murabbiyi Ronald Kumanning o‘zi uni Kataloniyaga olib kelmoqchi. Niderlandiyalik mutaxassisning rahbariyatdan asosiy talabi Memfis Depay. Biroq agar Depay transferi hal bo‘lmasa, Silva varianti amalga oshiriladi.

Ammo ushbu kelishuv portugaliyalik futbolchining yuqori narxi tufayli o‘z yakuniga etmay qolishi mumkin. "Transfermarkt" nashri 25 yoshli futbolchini 37 mln evroga baholamoqda. Silva joriy mavsumda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobida 22 gol va 7 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalroq, portugaliyalik hujumchiga "Manchester Yunayted" hamda "Atletiko"dan qiziqish borligi haqida xabar berilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!