
"Barselona" bugun yangi himoyachi transferini e’lon qiladi
"Chelsi" himoyachisi Markos Alonso faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi.
"Diaro Sport" nashrining xabariga ko‘ra, futbolchi bugun Londondan Kataloniyaga uchib keladi va shartnoma imzolaydi. Fullbek "Barsa"ga o‘tish uchun maoshi sezilarli darajada pasayishiga rozi bo‘lgan. O‘tgan yili klubi huddi shu ko‘rinishda Obameyangni o‘z safiga qo‘shib olgandi.
Markos "Barselona" bilan "2+1" ko‘rinishida bitim imzolaydi. Joriy mavsum himoyachi "Chelsi" safida maydonga tushmadi.
Fikrlar