“Barsa”ning “yulduzchalari” boshimni og‘ritib tashladi

  • 29 avgust, 08:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona”da muhim ahamiyatga ega bo‘lgan himoyachi Jyul Kunde jamoaning yosh o‘yinchilari haqida fikr bildirdi.

Tecno

Ma’lumki, Xans-Diter Flik Kataloniya klubiga kelganidan keyin tarkibda yosh o‘yinchilar bo‘lishiga alohida e’tibor qaratib ketmoqda. Jamoaning muvaffaqiyatlarini bu futbolchilarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

26 yoshli himoyachi Jyul Kunde ham bu borada o‘z fikrlarini aytdi.

- Kiyim almashtirish xonasida yosh futbolchilarimiz o‘zini boladek tutadi. Ular shu darajada shovqin soladiki, boshim og‘riy boshlaydi, - dedi Jyul Kunde.

Frantsiyalik himoyachining o‘zi yaqinda “Barselona” bilan shartnomasini yangiladi. Yangi kelishuvga ko‘ra, Kunde 2030 yilning 30 iyuniga qadar Kataloniya superklubida to‘p tepadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!