“Barsa”ning Xavi aytgan “ko‘rinmas” rahbari kim?
- 10-март, 05:42
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
“Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes klubda aslida muhim qarorlarni kim qabul qilishi haqida fikr bildirdi. Shuningdek, u jamoani tark etish sabablari haqida ham so‘z yuritdi.
- Alejandro Echevarria (“Barselona” prezidenti ligiga nomzod Joan Laportaning sobiq qudasi va maslahatchisi) amalda klubni o‘zi boshqaradi.
Men u bilan yaqin va do‘stona munosabatda edim, ammo oxir-oqibat u menga xiyonat qildi. Yanvar oyida men ularga klub va o‘zimning manfaatim uchun jamoada qolmasligimni aytdim.
O‘sha oylarda men Echevarria bilan uchrashib yurdim, chunki asosiy qarorlarni aynan u qabul qilishini bilardim. U mening jamoada ishlashimni davom ettirishimni talab qildi.
Ammo keyin Chempionlar ligasida PSJdan mag‘lub bo‘ldik. Shundan so‘ng Alejandro menga qo‘ng‘iroq qilib, rahbariyat mening kelajagimga ishonchi yo‘qligini aytdi.
Laporta yana menga yolg‘on gapirdi. U menga “Barsa”ni mensiz tasavvur qila olmasligini ta’kidlagandi.
Keyin Echevarria paydo bo‘lib, mening murabbiylar shtabim ishlay olmayotganini, jismoniy tayyorgarlik samarasizligini aytdi.
Shundan keyin men klubdan ketish haqidagi yakuniy qarorimni qabul qildim, - dedi Xavi Ernandes.