
"Barsa"da ishlar yaxshi emas. Alba ham Abidalni tanqid qildi
"Barselona" futbolchisi Xordi Alba jamoa sport direktori Erik Abidalning sobiq bosh murabbiy Ernesto Valverde iste’fosidan so‘ng uning ortidan aytgan gaplaridan norozi.
Frantsiyalik sobiq futbolchi o‘z intervyusida jamoa Valverde qo‘l ostida u qadar xursand bo‘lishmaganini va chin yurakdan mehnat qilishmaganini aytgandi.
"Klub etarlicha muammolarga duch keldi va ushbu muammolar jamoadan tashqariga ham chiqdi. Abidalning o‘zi ham futbolchi bo‘lgan. Bunday gaplar kiyinish xonasidan tashqariga chiqmasligi kerakligini tushunishi kerak", - dedi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Albadan oldin jamoa sardori Lionel Messi ham Abidalning intervyusiga salbiy munosabat bildirgandi.
Fikrlar