
“Barsa” zo‘rg‘a olgan Olmo bepul ketib qoladi
O‘tgan yoz “Barselona” Ispaniya terma jamoasi etakchilaridan Daniel Olmoni o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Garchi bu futbolchi klub tarbiyalanuvchisi bo‘lsa-da, kataloniyaliklar uni ortga qaytarish uchun ancha harakat qildi.
Biroq klubning moliyaviy ahvoli feyr-pley talablari asosida Olmoni La Liga qaydnomasidan o‘tkazishga to‘sqinlik qilmoqda. “Barselona” ispan futbolchisini chempionatning birinchi qismiga ro‘yxatga kiritgan edi.
Agar Kataloniya superklubi Danielni chempionatning ikkinchi yarmi uchun qaydnomadan o‘tkaza olmasa, Olmo klubni bepul tark etish huquqiga ega bo‘ladi. Bu haqda nufuzli Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Olmoning “Barselona” bilan 2030 yilning yarmigacha tuzilgan shartnomasida aynan mana shu huquq alohida bandda belgilab qo‘yilgan.
Daniel Olmo “Barsa”ga ko‘chib o‘tishdan oldin, o‘zini Ligadan ro‘yxatdan o‘tkazish muammo bo‘lishini bilgan va shu bois, shartnomasiga boshqa klubga bepul o‘tish imkoniyatini beruvchi bandni qo‘shtirgan.
Fikrlar