“Barsa” yulduziga Angliyadan taklif bo‘lyapti

  • 1 dekabr, 21:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tajribali o‘yinchiga Anliyaning eng badavlat klublaridan hisoblangan “Nyukasl Yunayted” rahbariyati jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

O‘tgan mavsum “Barselona”ning Ispaniya chempionatida g‘olib chiqishiga katta hissa qo‘shgan braziliyalik hujumkor futbolchi Rafinya Dias faoliyatini  Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Agar Kataloniya superklubi kelasi yozgi transferlar davrida 28 yoshli futbolchini sotishga ko‘nsa, “qarg‘alar” uni transfer qilish imkonini qo‘ldan chiqarmaydi. Ekspertlarning  ta’kidlashicha, “Barselona”ning moliyaviy ahvoli asosiy o‘yinchilardan birini sotib yuborishni talab etmoqda va bu borada Rafinya birinchi nomzod.

Rafinyaning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etadi. Bu o‘yinchi 2022 yilning yozida 58 million evroga transfer qilingunga qadar Angliya, Frantsiya, Portugaliya chempionatlarida tajriba oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!