
“Barsa” yulduzi tilanchilik qilganini tan oldi
Bu mavsum “Barsa”da o‘yini ochilib borayotgan va to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan Rafinya bolaligi qiyinchilikda o‘tganini tan oldi.
- Bolaligimda och qolganman, desam bu adolatdan bo‘lmaydi. Uyimizda ovqat etishmovchiligi bo‘lmagan.
Shunga qaramay, har gal mashg‘ulotlardan keyin ko‘chada turib, odamlardan menga ovqat olib berishlarini so‘rardim. Ba’zi odamlar menga yordam berardi, ayrimlar ishyoqmaslikda ayblardi. Bu holat 12-14 yoshimda bo‘lgan, - deydi Rafinya.
Braziliyalik 27 yoshli futbolchi futbol sir-asrorlarini o‘z yurtida “”Avai” klubida yoshlar jamoasida o‘rgangan. Evropaga 2016 yili ko‘chib kelib, dastlab Portugaliya chempionatida “Gimaraesh” va “Sporting” sharafini himoya qilgan.
“Barselona”ga ko‘chib o‘tgancha Frantsiyada “Renn” va Angliyada “Lids” jamoasida to‘p tepgan. Kataloniyaga 2022 yilning yozida transfer qilingan.
Fikrlar