
“Barsa” yulduzi: Men bu futbolchi bilan kam gaplashaman!
“Barselona”ning yosh yulduzlaridan biri Pedri jurnalistlarga jamoadoshlari bilan aloqalari haqida gapirib berdi.
20 yoshli futbolchi hamma bilan ham doimiy ravishda aloqani ushlab tura olmasligini ma’lum qildi.
- Jamoadoshlarimdan qaysi biri bilan kam gaplashaman? Aslijda “Barselona”da hamma bilan munosabatim yaxshi. Lekin Serjino Dest bilan hammadan kam muloqot qilaman. Buning sababi u ispanchani yaxshi tushunmaydi, men esa inglizchada yaxshi gaplasha olmayman, - dedi Pedri.
Amerikalik himoyachi Serjino Dest “Barselona”ga 2020 yili “Ayaks”dan ko‘chib o‘tgan edi. Kataloniyaliklarga Xavi Ernandes bosh murabbiy qilib tayinlangach, unga asosiy tarkibdan joy bermadi.
Bu gal ham klub Destni Niderlandiya chempionati vakili PSVga ijaraga jo‘natmoqda.
Fikrlar