
“Barsa” va “Siti” yulduzlari bir jamoada birlashadi
PSJ Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin yozda tarkibini qayta shakllantiradi.
Ma’lumotlarga qaraganda, parijliklar hozirning o‘zidan yozda olib kelinadigan futbolchilar ro‘yxatini shakllantirmoqda.
Parij klubi anchadan beri “Barselona” hujumkor futbolchisi Usmon Dembelega ko‘z tikmoqda. O‘tgan yozda PSJ uni erkin agent sifatida qo‘lga kiritishga uringandi. Frantsiyalik yulduz Kataloniyada qolish variantini tanladi.
Shuningdek, PSJ nishonida “Manchester Siti”dan ketish istagida yurgan Bernardu Silva ham bor. Bu futbolchi uchun parijliklar kattagina xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar