“Barsa”: Qanchalik zo‘r o‘ynama, ortga qaytmaysan!

  • 17 noyabr, 10:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” asosiy tarkibga kira olmagan hujumkor fubolchisi Ansu Fatini joriy mavsumda Frantsiya chempionatiga jo‘natib yuborgan edi.

Tecno

“Monako”ga ijaraga berilgan o‘yinchining ishlari yurishib ketdi. Fati yangi jamoasi safida ettita uchrashuvda raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qildi.

Transfer News Live va Sport kabi manbalarning yozishicha, “Barselona” rahbariyati Ansu Fati bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lgan. U qanchalik yaxshi o‘ynamasin, baribir Xans-Diter Flik jamoasi tarkibiga qaytarilmaydi.

Ta’kidlash lozimki, Ansu Fati “Barselona”ning eng iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan hisoblanadi. Lionel Messi Kataloniyani tark etganida Ansu Fatini argentinalik yulduzning vorisi, deb e’lon qilishga va unga 10-raqamni topshirishgan edi.

O‘z davrida, “Barselona” rahbariyati Ansu Fati uchun “Manchester Yunayted” taklif qilgan 200 million evroni ham qabul qilmagan. Biroq bir necha marotaba og‘ir jarohat olganidan keyin yosh futbolchi avvalgi darajasiga chiqa olmadi va oxir-oqibat “Barsa” uchun kerakmas o‘yinchiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!