
"Barsa" "Napoli" futbolchisiga 100 million sarflashga rozi
Kataloniyaning "Barselona" klubining radari Italiyada qarataligan.
"Barca Times" nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" hozirda "Napoli" safida o‘ynayotgan gruziyalik vinger Xvicha Kvaratsxeliyaga qiziqish bildirmoqda. "Barselona" rahbarlari futbolchining vakillari bilan dastlabki muzokaralar olib borishdi va mavsum oxirida uni sotib olishni reja qildi.
Kataloniyaliklar kelishuvni 90-100 million evroga yakunlashlari mumkinligiga ishonishmoqda. Joriy mavsumda Xvicha neapolliklar safida 31 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar