
“Barsa” ishongan yulduz Madridga ketadigan bo‘lyapti
“Barselona” klubining eng iqtidorli futbolchilaridan Gavi faoliyatini davom ettirish uchun Madrid superklubiga ko‘chib o‘tadigan bo‘lyapti.
Kataloniyaliklar Gaviga katta umid bog‘lagan edi. Biroq jamoa Xans-Diter Flik qo‘l ostiga o‘tganidan keyin iqtidorli o‘yinchiga asosiy tarkibdagi joyi kafolatlangani yo‘q.
Germaniyalik mutaxassis qo‘l ostida maydon markazida o‘ynash uchun bir necha kuchli futbolchi o‘zaro raqobatlashmoqda. 20 yoshli Gavi esa, o‘yin amaliyoti kafolatlanmagani uchun klubdan ketishi mumkinligi aytilyapti.
Iqtidorli yarim himoyachini “Atletiko” o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Madridliklar bu ijrochi uchun 60 million evro miqdorida badal puli to‘lamoqchi.
Bosh murabbiy Diego Simeona Gavi u qo‘llayotgan o‘yin uslubiga har tomonlama mosligi, bu futbolchining yangi qirralarini ochishga ishonayotganini ma’lum qildi.
Gaviga “Atletiko”dan tashqari “Bavariya” va “Manchester Siti” singari qudratli klublar ham ko‘z tikib turibdi.
Fikrlar