“Barsa”: Bu oʻyinchi xato qildi, endi arzonroq olsak boʻladi
- 4-апрел, 07:36
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
Ispaniya chempionati peshqadami “Barselona” mutasaddilari Milaning “Inter” klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
Kataloniya klubidagilar futbolchini Italiya milliy terma jamoasining Bosniya va Gertsegovinaga qarshi jahon chempionati yo‘llanmasi uchun hal qiluvchi o‘yinda qizil kartochka bilan jazolanganini inobatga olgan holda, uni arzonroq narxda sotib olish mumkin, deb umid qilishmoqda.
Bu haqida Mundo Deportivo xabar berdi.
Italiya terma jamoasi qatorasiga uch marta jahon chempionatiga chiqa olmadi. Ayni paytda Italiya futbol jamoatchiligi mutasaddilarni keskin tanqid qilmoqda.
Bastonining “Barselona”ga o‘tishi bo‘yicha kelishuv taqdiri kataloniyaliklarning moliyaviy imkoniyatlari va transfer bozoridagi ustuvorliklariga bog‘liq bo‘ladi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining o‘zi allaqachon transferga rozilik bergan.