
“Barsa”, ovora bo‘lma, bu hujumchi sotilmaydi!
Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqqan “Liverpul” kolumbiyalik hujumchisi Luis Dias transferi bo‘yicha “Barselona”dan taklif oldi.
The Athletic nashrining yozishicha, liverpulliklar Ispaniya chempionlariga bu o‘yinchi sotilmasligini bildirib, ularning chorlovini qabul qilmagan.
Manbaga ko‘ra, bosh murabbiy Arne Slot kelasi mavsum uchun tarkibni shakllantirish jarayonida Luis Diasga muhim vazifalarni yuklashni rejalashtirmoqda.
Qizig‘i shundaki, 28 yoshli futbolchining o‘zi “Barselona”ga o‘tishni istayapti va o‘z rejalari haqida klub rahbariyatini ham ogohlantirgan.
Bu tarafdan Luis Diasga Saudiya Arabistonining bir nechta klubidan qiziqish bo‘lyapti. Ayniqsa, Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgan “An-Nasr” sovrinlar uchun kurashadigan tarkibni shakllantirish maqsadida kolumbiyalik yulduzdan ham foydalanio‘shni mo‘ljallagan.
Fikrlar