
"Baniyas"ga gol urgan "Nasaf" futbolchisi BAAdagi o‘yin haqida nimalar dedi?
BAAning "Baniyas" klubiga qarshi OChL guruh bosqichiga o‘tish o‘yinida qo‘lga kiritilgan muhim g‘alabadan so‘ng "ajdarlar" yarim himoyachisi Sherzod Nasrullaev klub matbuot xizmatiga o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Avvalambor barcha muxlislarimizni muhim g‘alaba bilan tabriklayman. Bizni oldinda bundanda ma’suliyatli o‘yinlar kutib turibdi. Keyinchi o‘yinlarda ham ko‘proq gol urib, jamoamiz g‘alabasiga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman.
Eslatib o‘tamiz, Ro‘ziqul Berdiev boshqaruvidagi jamoa OChLning "E" guruhidan joy oldi. Ushbu guruhda "Al Sadd" (Qatar), "Al Faysali" (Saudiya Arabistoni), "Al Vihdad" (Iordaniya) klublari bor.
Fikrlar